Shavkat Mirziyoyev_press-service
239K subscribers
30.4K photos
2.38K videos
8.35K links
Veb-sayt: www.president.uz
Facebook: www.fb.com/Mirziyoyev
Instagram: www.instagram.com/mirziyoyev_sh
X: https://x.com/president_uz
Youtube: www.youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
© O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
Download Telegram
Kecha Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdirlash marosimi ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Unda davlatimiz rahbari mukofotga sazovor bo‘lgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni tabrikladi.

"Siyosiy yetakchilarning uzoq davom etgan mojaroni oqilona hal etish, tinchlikka erishish yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari, hech shubhasiz, ushbu nufuzli mukofotga haqli ravishda munosibdir",

- dedi davlatimiz rahbari.

Вчера в столице Объединенных Арабских Эмиратов городе Абу-Даби состоялась церемония вручения Международной премии имени Шейха Заида «За человеческое братство».

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил участникам церемонии видеообращение.

В своем послании глава нашего государства поздравил Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева и Премьер-министра Республики Армения Никола Пашиняна с присуждением этой награды.

«Совместные усилия этих политических лидеров, направленные на разумное урегулирование многолетнего конфликта и достижение мира, по праву удостоены столь престижной награды»,

– отметил глава нашего государства.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Erishilgan kelishuv muammo yechimiga mas’uliyatli yondashuvning yorqin namunasi bo‘lib, keng mintaqamizda barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi.

Bugungi kunda faqat ahillik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va yaqin do‘stlik orqali xalqlarimizning umumiy ravnaqi va farovonligini ta’minlash mumkin"
,

- dedi Prezidentimiz marosim ishtirokchilariga murojaatda.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston har qanday nizo va ziddiyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar, xalqaro huquq tamoyillari va yaxshi qo‘shnichilik asosida hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Rahbariyatining gumanitar tashabbuslarni faol ilgari surish, xalqaro maydonda muloqot madaniyatini izchil yuksaltirish borasidagi xizmatlarini alohida e’tirof etildi.

«Достигнутое соглашение стало наглядным примером ответственного подхода к решению сложнейших проблем и по-настоящему историческим шагом на пути укрепления стабильности в нашем обширном регионе.

Только через единство, взаимную поддержку и партнерство возможно обеспечить общее процветание и благополучие наших народов»
,

– отметил Президент нашей страны в послании участникам церемонии.

Глава нашего государства подчеркнул, что Узбекистан выступает за разрешение любых конфликтов и разногласий только политико-дипломатическими средствами, на основе принципов международного права и добрососедства.

Отдельно был отмечен вклад руководства Объединенных Арабских Эмиратов в активное продвижение гуманитарных инициатив и последовательное укрепление культуры диалога на международной арене.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Исламской Республики Пакистан Шахбаза Шарифа отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga keldi. “Nurxon” aeroportida davlatimiz rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharif kutib oldilar.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с государственным визитом в Исламабад. В аэропорту «Нурхан» главу нашего государства встретили Президент Пакистана Асиф Али Зардари и Премьер-министр Шахбаз Шариф.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashrifi bilan Pokistonga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharif kutib oldilar.

Президента Шавката Мирзиёева, прибывшего с государственным визитом в Пакистан, встретили Президент Асиф Али Зардари и Премьер-министр Шахбаз Шариф.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Mudofaa kuchlari Bosh qoʻmondoni – Qurolli Kuchlarning quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni Asim Munir bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Главнокомандующим Силами обороны – командующим Сухопутными войсками Вооруженных Сил Пакистана Асимом Муниром.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #harbiyhamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X